
Foto: Getty Images
Bahorda Fransiya va Italiya Ukrainaga SAMP-T-Mamba rusumli zenit-raketa komplekslarini jo‘natadi. Bu haqda Fransiya qurolli kuchlari vaziri Sebasten Lekornyu tvitteri orqali e’lon qilgan.
Lekornyuning so‘zlariga ko‘ra, Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto bilan Ukraina tinch aholisi va infratuzilmalarini himoyalash uchun mudofaa tizimlari yetkazib berish bo‘yicha kelishib olingan. Vazir ushbu mamlakatlardan Ukrainaga yetkazib beriladigan qurollar soniga aniqlik kiritmagan.
SAMP-T-Mamba — o‘rta masofadagi ballistik va qanotli raketalar, shuningdek 100 kilometrgacha masofadagi samolyotlarni urib tushirish uchun mo‘ljallangan, quruqlikdagi zenit-raketa kompleksi hisoblanadi.
Sentyabr oyi oxirida Ukraina AQSHdan Amerika-Norvegiya mahsuloti bo‘lgan NASAMS rusumli havo hujumidan mudofaa tizimlarini qabul qilib olgandi. Bu tizimlar 40–50 kilometr radiusda va 15 kilometr atrofidagi balandlikdagi nishonlarni aniqlab, zarba beradi. Bu tizimlar ham qanotli va ballistik raketalar, dronlar va samolyotlarni urib tushirishga qodir.
Oktabr oyida esa Germaniya Ukrainaga Iris-T SLM rusumli havo hujumidan mudofaa tizimlarining birinchisini yetkazib berdi. Iris-T SLM zenit-raketa kompleksi uchta mashinadan iborat bo‘ladi: harbiy yuk mashinasidagi uchirish qurilmasi, radiolokatsiya mashinasi va boshqaruv mashinasi. Bu tizim raketalari 20 kilometr balandlikdagi va 40 kilometrgacha bo‘lgan uzoqlikdagi nishonlarga yetib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar