09:45 / 06.02.2023
396

Marsda noma’lum jism aniqlandi. Unga “Kakao” nomi berildi (foto)

Marsda noma’lum jism aniqlandi. Unga “Kakao” nomi berildi (foto)
Foto: NASA
Amerikaning Curiosity roveri Mars yuzasida begona jismni aniqladi. Unga “Kakao” nomi berildi. Ma’lum qilinishicha, Curiosity aniqlagan jismning uzunligi 30 santimetrni tashkil qiladi. Uning tarkibi asosan temir va nikeldan iborat.

Foto: MarsCuriosity
Mutaxassislar keyinchalik bu 90 foiz temir va 9 foiz nikeldan iborat tosh ekanini aniqladi. Ushbu tarkibga ega obyektlar temir meteoritlar deb ataladi. Curiosity jamoasi Marsdagi yangi obyektga “Kakao” deb nom bergan.

Foto: MarsCuriosity
Ilgari Marsda arqon topilgan edi. Predmet begona o‘simlikning ildizi bo‘lishi mumkin deb taxmin qilingan. Ammo keyinroq bu Perseverance roveri 2021 yilda Marsga qo‘ngan parashyutning bir qismi ekani ma’lum bo‘lgan.

Curiosity marsoxodi tomonidan Marsni tadqiq qilish bilan o‘tgan o‘n yil mobaynida to‘plangan arxiv ma’lumotlar tahlil qilinishi natijasida Qizil sayyorada ommaviy opal konlari borligi ma’lum bo‘lgandi. Bo‘lg‘usi “mustamlakachilar” uchun opal zargarlik bezaklari sifatida emas, balki suv manbai sifatida qiziqdir. Bu Marsdagi bo‘lg‘usi baza taqdiri uchun muhim kashfiyot hisoblanadi.

Shuningdek, Curiosity marsoxodi Qizil sayyorada uglerodning noodatiy turini ham aniqlagandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo