18:48 / 06.02.2023
687

Turkiyadagi zilzila bo‘yicha "Lokomotiv" klubi bayonot berdi

Turkiyadagi zilzila bo‘yicha "Lokomotiv" klubi bayonot berdi
Ayni damda O‘zbekistonning 14 klubi Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda.

Shu jumladan, "Lokomotiv" jamoasi ayni kunlarda Belek shahrida bo‘lib turibdi. Zilzila epitsentri sifatida Gaziantep shahri qayd etilgan. Ma’lumki, Gaziantep shahri Antaliyadan 500 kilometr uzoqlikda.

"Bugun bo‘lgan ikkala zilzila ham Antaliya shahriga yetib kelgani yo‘q. Shunday ekan, futbol muxlislari, xavotir olmang. Nafaqat "Lokomotiv", balki O‘zbekistonning barcha klublarida ishlar joyida.

Fursatdan foydalanib, "Lokomotiv" futbol klubi ushbu zilzila oqibatida xalok bo‘lganlarning yaqinlariga xamdardlik bildiradi.

Ota-bobolarimiz aytganidek, barchamizni o‘t balosi, suv balosidan asrasin! Siz ham o‘zingizni asrang!
", - deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo