
Chelsi va Nyukaslning sobiq hujumchisi Kristian Atsu dushanba kuni Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilziladan so‘ng bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan edi, deya xabar beradi Sabah nashri.
Turkiyaning Hatayspor klubida to‘p surgan ganalik futbolchi qulagan bino vayronalari ostida ko‘milib qolgan. Vayronalarni ochish paytida qutqaruvchilar uni tirik holda topishdi. Zilzila oqibatida jarohat olgan sportchi shifoxonaga yotqizilgan.
31 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni jamoasida bir yil to‘p surganidan so‘ng turk jamoasiga kelib qo‘shilgan edi.
Gana prezidenti Nana Akufo-Addo qutqarilishidan oldin Turkiya xalqiga hamdardlik bildirdi va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida: “Bizning qabiladoshimiz, Ganalik Kristian Atsu tirik va sog‘-salomat topilishini so‘rab duo qilamiz”, deya xabar qoldirgan edi.
Kristianning do‘sti, turkiyalik xayriyachi Ibrohim Kvarteng zilziladan keyin unga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgani, biroq uning telefoni aloqa doirasidan tashqarida bo‘lganini aytgan.
Kvarteng Ganada sobiq mahbuslarning jamiyatga qayta integratsiyalashuvi, ish topishi va jinoyat yo‘lidan qaytishiga yordam beradigan xayriya jamg‘armasini boshqaradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kristian Atsu o‘z tashkiloti uchun yagona yirik homiy bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar