
Xalqaro qidiruv-qutqaruv guruhlari dushanba kungi zilzilalardan keyin yordam berish uchun Turkiyaga yetib kelar ekan, Isroilning Ashkenazi bosh ravvini Isroildan kelgan guruhlarni Shabbat (shanba) kuni ham ishlarini davom ettirishga chaqirdi. Shabbat yoki shanba - yahudiylarning muqaddas dam olish kuni bo‘lib, u juma kuni quyosh botishidan shanba kuni quyosh botishiga qadar davom etadi.
"Bu hafta Turkiyada dahshatli fojia yuz berdi. Ko‘plab shaharlarda kuchli zilzila sodir bo‘ldi, aholi ko‘p sonli binolar tagida qolib ketdi. Qutqaruv ishlari bir necha kundan beri davom etmoqda. Qayerda odamlarning hayotini saqlab qolish va tirik qolganlarni topish imkoni bo‘lsa qutqaruv guruhlari o‘z faoliyatini davom ettirishi kerak”, deb murojaat qildi Devid Lau.
Shabbat muqaddas dam olish kuni hisoblanadi, unda barcha turdagi ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish taqiqlanadi. Tabiiy ofatning markazi bo‘lgan Qahramanmarashda Isroil qutqaruvchilari tomonidan tashkil etilgan dala kasalxonasi ham odatdagidek faoliyatini davom ettiradi va 18 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan zilzila qurbonlariga tibbiy yordam ko‘rsatadi. Isroil Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlariga 450 xodimini jo‘natgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar