07:38 / 13.02.2023
1 706

“Tolibon” harakati Alisher Navoiy yodgorligini buzib tashladi

“Tolibon” harakati Alisher Navoiy yodgorligini buzib tashladi
Juzjon viloyati, Shibirg‘on markazidagi Alisher Navoiyning buzilgan yodgorligi
Foto: Hasht-e Subh Daily

“Tolibon” harakati Afg‘onistonning Balx viloyatida o‘rnatilgan Alisher Navoiy yodgorligini buzib tashladi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Yodgorlik buzib tashlangani sababli Afg‘oniston milliy qarshilik ko‘rsatish kengashi “Tolibon” guruhi mamlakatning madaniy o‘ziga xosligi qarshi urush holatida ekanini aytdi. Kengash tarixiy ramzlarning olib tashlanishi va madaniy o‘ziga xoslik yodgorliklarining vayron qilinishi Afg‘onistonda etnik va tillararo ziddiyatni kuchaytirishini bildirdi.

Kengash “Tolibon” guruhining madaniyatga zid harakatlarini keskin qoraladi va ular bu kabi harakatlari bilan mamlakat tarixi va madaniyatini yo‘q qilishi mumkinligini, biroq ular hech qachon o‘z qadriyati, tarixi va madaniyati Afg‘onistonning madaniy va sivilizatsiyaviy o‘ziga xosligini yo‘q qila olmasligini ta’kidladi. 9 fevral kuni mahalliy manbalar Balx viloyatida Alisher Navoiy haykali vayron qilingani haqida xabar bergan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo