13:53 / 15.02.2023
189

Germaniya: Ukrainaga «bahorgi yordam paketi» qurollarni o‘z ichiga oladi

Germaniya: Ukrainaga «bahorgi yordam paketi» qurollarni o‘z ichiga oladi
Boris Pistorius / Foto: Picture Alliance
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainada urush uzoq davom etishini kutmoqda. «Urush tez orada tugamaydi», dedi u Bryusselda NATO davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan uchrashuv oldidan.

Qisqa muddatda Ukraina ham, Rossiya ham g‘alaba qozona olmaydi, shuning uchun Kiyev Rossiya agressiyasidan samarali himoyalana olishi uchun unga qurol-yarog‘ yetkazib berishga to‘g‘ri urg‘u berish muhim, dedi Pistorius.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda havo hujumidan mudofaa va o‘q-dorilar yetkazib berishni kuchaytirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Ukraina uchun Germaniyaning «bahorgi qurol-yarog‘ yordam paketa» yo‘lda, deya ta’kidladi u.

Pistorius Ukrainada zamonaviy Leopard 2A6 tanklaridan iborat batalonni tezda tuzish imkoniyatiga shubha bilan qaradi. Hozircha Germaniyadan atigi 14 ta, Portugaliyadan esa yana uchta tank tayyorlanmoqda. Leopard tanklarini boshqa davlatlar tomonidan yetkazib berish hozircha muhokama qilinmayapti, dedi u.

Bundan tashqari, Pistorius Germaniya Ukrainaga berilgan Gepard tanklari uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarishni qaytadan boshlashini aytdi. Mudofaa kompaniyalari bilan zarur shartnomalar allaqachon imzolangan, Rheinmetall yaqin kelajakda o‘q-dorilar ishlab chiqarishni boshlaydi, deya qo‘shimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo