19:41 / 15.02.2023
366

Turkiyada qariyb 10 kun vayrona ostida qolgan keksalar qutqarildi

Turkiyada qariyb 10 kun vayrona ostida qolgan keksalar qutqarildi
Foto: AP
Turkiyaning Qahramonmarash shahrida 74 yoshli Jamila Kekech zilziladan 227 soat o‘tgach qutqarib olindi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

U qariyb 10 kun davomida Dulqodiro‘g‘li tumanining Pinarboshi mahallasidagi olti qavatli turar-joy binosi vayronalari ostida yotgan. Shifokorlarning birinchi yordamidan so‘ng ayol shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, Odiyomon viloyatida zilziladan 212 soat o‘tib, vayronalar ostidan 77 yoshli ayol tirik holda topilgan. Fotma Gungo‘r viloyat markazida qulagan bino vayronalari ostidan qutqarib olingan. U ham vayronalar ostida qariyb 10 kun qolib ketgan. Hozirda ayol shifoxonaga yotqizilgan.

15 fevral holatiga Turkiyadagi dahshatli zilzila qurbonlari soni 35 ming kishidan oshdi.

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriyada ham yuz berdi. Livan, Kipr, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo