20:11 / 16.02.2023
742

Rossiya qo‘shinlari bir kechada Ukraina hududiga 32 ta raketa uchirdi

Rossiya qo‘shinlari bir kechada Ukraina hududiga 32 ta raketa uchirdi
Foto: AP
Rossiya qo‘shinlari kecha tunda navbatdagi o‘q uzish chog‘ida Ukraina hududiga havo va dengizdan 32 ta qanotli raketalarni uchirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari xabar berdi.

UQK Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina havo mudofaasi 14 ta X-101/X-555, «Kalibr» qanotli raketalarini hamda ikkita X-59 boshqariladigan raketalarini yo‘q qilgan, biroq bir nechta X-22 raketalari o‘z nishonlariga yetib borgan.

Ular Ukraina shimoli va g‘arbidagi, shuningdek, Dnipropetrovsk va Kirovograd viloyatlaridagi muhim infratuzilma obyektlariga zarba berdi, deb xabar qildi Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Telegram'da.

«Rossiyaliklar taktikani biroz o‘zgartirdi. Ular soxta nishonlardan foydalanib, faol razvedka ishlarini olib borishmoqda», - deb yozadi u.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Pavlogradda raketa hujumi oqibatida 79 yoshli ayol halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi jarohatlangan. 50 ta turar joy binosi va bitta korxona zarar ko‘rgan.

Lviv viloyatida muhim infratuzilma obyekti shikastlangan. Bundan tashqari, Poltava va Kirovograd viloyatlaridagi Kremenchug va Kropivnitskiyga zarbalar berildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo