![Ukraina tashqi ishlar vaziri: Hozir urushni diplomatiya yo‘li bilan to‘xtatib bo‘lmaydi](/uploads/posts/2023-02/zsxgfap3sol_-ucaily9_xtkjmtdq4s0.jpg)
Dmitriy Kuleba / Foto: Ouest-France
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning fikricha, hozirda Ukrainadagi urushni diplomatik yo‘llar bilan tugatishga erishib bo‘lmaydi.
«Menga diplomatik tashabbuslar orqali tinchlikka erishmoqchi bo‘lganlar yoqadi, chunki men o‘zim diplomatman. Lekin bunday tashabbus qanday amalga oshishi mumkin? Tinchlik bahosi Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda qolishi kerakmi?» - dedi Kuleba Funke media-guruhi nashrlari va Fransiyaning Ouest-France gazetasiga bergan intervyusida.
«Rossiya bilan har qanday muzokaralar boshida quyidagilar bo‘lishi kerak: Ukrainaning hududiy yaxlitligi to‘liq tiklanishi. Buni muhokama qilib bo‘lmaydi», - dedi u.
Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik va diplomatiya tarafdorlarining ko‘pchiligi «aslida faqat Ukraina Rossiyadan mag‘lub bo‘lishini xohlaydi».
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar