
Turkiyaning Hatay viloyatida 45 yoshli erkak vayronalar ostida zilziladan 278 soat (11 kun) o‘tib, omon qoldi. Hakan Yasinoglu Defne tumanida qulagan bino vayronalari ostidan chiqarildi.
Qidiruv-qutqaruv guruhi vayron bo‘lgan uy vayronalari ostida tirik odam borligini aniqladi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 38 mingdan oshgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar