![Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming $ topib olishdi](/uploads/posts/2023-02/32104855_010420001229_1920x0_80_0_0_89a275057ad68a3a1de6f4b439fe189d_jpg.webp)
Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyada turar-joy binosi vayronalari ostidan 150 ming dollar topib olishdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog‘ida katta miqdorda pul topib olishdi.
Qayd etilishicha, vayronalar qatlamini ochish vaqtida 100 dollarlik kupyuralar bilan to‘ldirilgan idish topilgan.
“Topilgan 150 ming dollar miqdoridagi mablag‘lar inventarizatsiya qilish uchun mahalliy politsiyaga topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun Turkiyada vayronalar ostidan 4 mln dollar topilgan edi. Pullar politsiyaga topshirilgan. Ularni topgan qahramon – Mehmet O‘zber Hatayda ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar