528
Germaniya tashqi ishlar vaziri Putinni Ukrainaga nisbatan «360 daraja burilish»ga chaqirdi
![Germaniya tashqi ishlar vaziri Putinni Ukrainaga nisbatan «360 daraja burilish»ga chaqirdi](/uploads/posts/2023-02/c-kbf1ypcy2bkjuxevu57vo-m8l7sm4y.jpg)
Foto: Reuters
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «360 daraja burilish»ga chaqirdi. Uning Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi bayonotiga ko‘ra, shundan keyingina Ukraina xavfsiz bo‘ladi.
Avstriyaning eXXpress tabloidi bu so‘zlarni baholab, Berbok xonim ehtimol 180 daraja burilishni nazarda tutganini yozdi, chunki 360 graduslik burilish asl holatiga qaytaradi.
«Ukraina faqat Rossiya Federatsiyasi prezidenti 360 graduslik burilish qilsagina xavfsiz bo‘ladi», dedi Annalena Burbok. «Prezident Putin buni hal qilishda erkindir», deb qo‘shimcha qildi Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar