22:46 / 20.02.2023
604

Turkiyada yana 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi

Turkiyada yana 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi
Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar berishicha, Turkiya hududida 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi.

Mahalliy OAV yozishicha, Hatay viloyatida vayronagarchiliklar kuzatilgan.

Zilzila oqibatida Turkiya janubi-sharqida uylar vayron bo‘lgan, ularning soni noma’lum, deb xabar berdi Habertürk. Yer osti silkinishlari Hatayga qo‘shni viloyatlar, shuningdek, Suriya va Livanda ham sezilgan. Halok bo‘lganlar va jarohatlangan haqida ma’lumot keltirilmagan.

To‘ldirilgan ma’lumot: Turkiya faqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berishicha, so‘nggi 20 daqiqada Turkiya janubi-sharqida 6,4 va 5,8 magnitudali zilzilalar qayd etildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo