1 283
Jorj Bushning Markaziy Osiyo bo‘yicha Barak Obamaga bergan maxfiy maslahati e’lon qilindi
![Jorj Bushning Markaziy Osiyo bo‘yicha Barak Obamaga bergan maxfiy maslahati e’lon qilindi](/uploads/posts/2023-02/photo_2023-02-20_21-22-45.jpg)
Foto: Getty Images
AQSHning 43-prezidenti Jorj Bush lavozimini tark etayotganda o‘z vorisi Barak Obamaga bir qancha maxfiy maslahatlar bergan. The New York Times nashri ular haqida ma’lumot berdi.
Maslahatlardan birida Jorj Bush Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda hal qilib bo‘lmaydigan quruqlikdagi urushlar tuzog‘iga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. AQSH sobiq prezidenti maslahatida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelajakdagi urush ham o‘rin olgan.
“Hindiston do‘st. Pokiston unday emas. Shimoliy Koreya yoki Eronga ishonmang, lekin ular bilan muloqot qilish yo‘qdan ko‘rsa yaxshiroqdir. Rossiyaga ehtiyot bo‘ling, chunki u qo‘shni Ukraina hududini istaydi. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi hal qilib bo‘lmaydigan quruqlikdagi urushlar tuzog‘iga tushib qolishdan ehtiyot bo‘ling. Davlat qurish ko‘ringanidan ham qiyinroq”, — deya NYT Bushning maslahatini keltirib o‘tgan.
O‘n to‘rt yil oldin, Bushning jamoasi Barak Obamaning yangi ma’muriyati uchun maslahatlarini Milliy xavfsizlik kengashining 40 ta maxfiy eslatmalarida qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar