![Putin urushda yana G‘arbni aybladi](/uploads/posts/2023-02/920__95_4215801705.jpg)
Prezident Vladimir Putin Federal Majlisga murojaatida yana G‘arbni mojaroni qo‘zg‘atgan va keskinlashtirganlikda aybladi. Uning aytishicha, Moskva urushni «tinch yo‘l bilan hal qilishga chin dildan intilmoqda».
«Ukrainaga «maxsus harbiy operatsiya»ni davom ettiramiz. Biz Ukraina xalqi bilan urushayotganimiz yo‘q, ular G‘arb davlatlarining qo‘lidagi garovga aylangan», – deydi Putin.
U, shuningdek, o‘z nutqida halok bo‘lgan rus harbiy xizmatchilari va ko‘ngillilarning oilalariga har tomonlama yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi. Biroq rossiyalik qurbonlar soniga aniqlik kiritmadi.
Shu bilan birga, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, misli ko‘rilmagan sanksiyalarning Rossiya iqtisodiyotiga ta’siri o‘tgan bahorda kutilganidan ancha kam sezilgan. Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida, aksincha, misli ko‘rilmagan yuksalish kuzatilmoqda.
«Iqtisodiyotimiz qulashini bashorat qilishgan edi. Yil oxirida yalpi ichki mahsulot 2,1 foizga kamaydi», – deydi u.
Putin o‘z nutqi so‘ngida Rossiya Strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha AQSH bilan imzolangan shartnomadan chiqishini, ammo bu butunlayga emasligini, ya’ni vaqtinchalik to‘xtatib turilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qo‘shma Shtatlar yadro qurolining yangi turlarini yaratmoqda, shu sababli ham Rossiya yadroviy sinovlarni o‘tkazishga tayyor bo‘lishi kerak.
«Agar Qo‘shma Shtatlar yadroviy qurolni sinovdan o‘tkazsa, biz ham buni amalga oshiramiz. Hech kimda global strategik vaziyatning barbod bo‘lishi mumkinligi haqida qarash bo‘lmasligi kerak», – deya qo‘shimcha qilgan Putin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar