09:09 / 22.02.2023
619

G‘arb va Ukrainada Putinning nutqi tanqid qilindi

G‘arb va Ukrainada Putinning nutqi tanqid qilindi
Foto: Shutterstock
Oq uy Ukrainadagi urush uchun javobgarlik Rossiya zimmasida ekanligini ta’kidladi. Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Podolyak Rossiya Federatsiyasi prezidenti «reallik bilan aloqani yo‘qotganini» aytdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 21 fevral, seshanba kuni Federal Majlis oldidagi nutqida u Rossiyaning Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomadagi (S'HQ) ishtirokini to‘xtatganini e’lon qildi, shuningdek, G‘arbni urush boshlashda aybladi. Bu Ukrainada, G‘arbda katta rezonansga sabab bo‘ldi.

Masalan, AQSH prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Rossiya prezidentining G‘arbga qarshi ayblovlarini «absurd» deb atadi. «Hech kim Rossiyaga hujum qilmadi. Rossiya Ukraina yoki boshqa birov tomonidan qandaydir harbiy tahdid ostida, degan fikr absurddir», - deya uning so‘zlarini keltiradi The Financial Times.

«Agar Rossiya Ukrainadagi janglarni to‘xtatib, vataniga qaytsa, urush tugaydi. Agar Ukraina urushni to‘xtatsa hamda AQSH va koalitsiya (Ukrainaning g‘arbiy ittifoqchilari) unga jang qilishda yordam berishni to‘xtatsa, Ukraina jahon xaritasidan yo‘qoladi. Bu sizga hamma narsani, urush uchun kim mas’ul ekanligi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan narsalarni ko‘rsatib beradi, deb o‘ylayman», dedi Sallivan.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaning S'HQ shartnomasidagi ishtirokini bir tomonlama to‘xtatib qo‘yish niyatidan afsus bildirdi va Rossiya prezidentini «o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishga va amaldagi shartnomalarga rioya qilishga» chaqirdi.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken ham Rossiyaning S'HQ-3 shartnomasida ishtirokini to‘xtatish qarorini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «eng yuqori afsusga loyiq va mas’uliyatsizlikdir». «Biz Rossiya aslida nima qilayotganini diqqat bilan kuzatib boramiz», deb va’da berdi u Afinaga tashrifi chog‘ida.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Reuters agentligiga bergan izohida Putin «reallik bilan aloqani butunlay yo‘qotdi» degan fikrni bildirdi. «U mutlaqo boshqa voqelikda yashayapti, u yerda adolat va xalqaro huquq bo‘yicha muloqot o‘tkazish imkoniyati yo‘q», — dedi Podolyak.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo