20:24 / 23.02.2023
1 326

Zilzila uyni ko‘tarib joyini o‘zgartirdi

Zilzila uyni ko‘tarib joyini o‘zgartirdi

Turkiyaning Adiyaman viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida hech qachon kuzatilmagan voqea sodir bo‘ldi. Go‘lboshi tumanidagi Ozan qishlog‘ida zilzila tufayli bir uy bir metr havoga ko‘tarilib, ikki metr chetga siljiganligi aniqlandi.

Ya’ni uy poydevori bilan ko‘tarilib boshqa joyga ko‘chgan, deb xabar bermoqda CNNturk nashri muxbiri Serdar Yer.

Uy egasi Emin Atmaca zilzila sodir bo‘lgan kechada uy go‘yoki «yurganini» aytgan. Geologiya muhandisi Akin Kurcher yoriq chizig‘ining qayerdan o‘tganini aniqlash uchun olib borilgan tadqiqotlar davomida ushbu manzaraga duch kelganini tasdiqlagan. Mutaxassislarning fikricha, uyning bus-butun holicha joyidan siljishi kutilmagan holat.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zilzila uyni ko‘tarib joyini o‘zgartirdi