12:29 / 24.02.2023
342

Zelenskiy: 2023 yil Ukraina g‘alabasi yili bo‘ladi

Zelenskiy: 2023 yil Ukraina g‘alabasi yili bo‘ladi

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Ukraina hududida harbiy harakatlar boshlaganining bir yilligi munosabati bilan Twitter'da post qoldirdi.yozdi

«24 fevral kuni millionlab odamlarimiz tanlov qildi. Oq bayroq emas, ko‘k-sariq bayroq tanlandi. Qochish emas, qarama-qarshilik tanlandi. Qarshilik va kurash tanlandi», - deb yozdi Volodimir Zelenskiy.

«Bu - og‘riq, qayg‘u, e’tiqod va birdamlik yili bo‘ldi. Bu yil biz yengilmas bo‘lib qoldik», - dedi Zelenskiy Rossiya Federatsiyasiga qarshi urush boshlanganidan beri o‘tgan 12 oyni sarhisob qilib.

«Biz bilamizki, 2023 yil bizning g‘alabamiz yili bo‘ladi!» - deya Ukraina rahbari ishonch bildirdi.

Rossiya harbiy agressiyasi boshlanganining bir yilligi munosabati bilan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ukrainalik harbiy xizmatchilarga jasorati uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Barchamizni front chizig‘ida himoya qilayotgan Ukraina harbiylari - ular hammadan yaxshi. Aynan bizning himoyachilarimiz bo‘lgan erkaklar va ayollar tufayli Ukraina kuchli, kurashmoqda, yashayapti. Barcha askarlarimizga rahmat - tirik qolganlar va afsuski, endi bizning oramizda yo‘qlarga - ularning jasorati uchun. Yovuzlik hali ham bor va jang davom etmoqda. Lekin biz aniq bilamizki, bu bizning g‘alabamiz bilan yakunlanadi», deb yozdi Zelenskiy Facebook'da.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: 2023 yil Ukraina g‘alabasi yili bo‘ladi