22:53 / 24.02.2023
279

BMT Ukrainada tinchlikka erishish zarurligi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Ukrainada tinchlikka erishish zarurligi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi

Foto: Reuters

23 fevral kuni BMT Bosh Assambleyasi Ukrainada imkon qadar tezroq «to‘liq, adolatli va mustahkam» tinchlikka erishish zarurligi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti veb-saytining xabar berishicha, rezolyutsiyani 141 davlat yoqlagan, 32 davlat betaraf qolgan va 7 davlat - Belarus, Shimoliy Koreya, Eritreya, Mali, Nikaragua, Rossiya va Suriya qarshi ovoz bergan. Belarus tomonidan taklif qilingan tuzatishlar rad etildi.

Rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolgan davlatlar orasida Armaniston, Xitoy, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston bor.

Qayd etilishicha, Bosh Assambleya Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari, jumladan, hududiy suvlari doirasidagi suvereniteti, mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Bosh Assambleya a’zolari «Rossiya Federatsiyasidan o‘zining xalqaro tan olingan chegaralari doirasida Ukraina hududidan barcha qurolli kuchlarini zudlik bilan, to‘liq va so‘zsiz olib chiqib ketishni» talab qildi va harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Bosh Assambleya delegatlari «Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi natijasida vujudga kelgan inson huquqlari va gumanitar vaziyat bilan bog‘liq og‘ir vaziyatdan afsusda ekanligini» bildirdilar.

Hujjat tomonlarni tinch aholi va fuqarolik obyektlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini hurmat qilishga va yordamga muhtoj bo‘lganlarga insonparvarlik yordamining to‘siqsiz kirishini ta’minlashga, shuningdek, Ukrainaning muhim infratuzilmasiga, jumladan, uylar, maktablar va shifoxonalarga hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi.

Qarorda, shuningdek, «Ukraina hududida sodir etilgan eng og‘ir jinoyatlar milliy yoki xalqaro darajada to‘g‘ri, adolatli va mustaqil tergov va ta’qiblar orqali xalqaro huquq doirasida javobgarlikka tortilishini ta’minlash zarurligi» ta’kidlangan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Ukrainada tinchlikka erishish zarurligi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi