20:09 / 25.02.2023
371

Bayden Xitoyning «tinchlik rejasi»ni faqat Rossiya uchun foydali deb atadi

Bayden Xitoyning «tinchlik rejasi»ni faqat Rossiya uchun foydali deb atadi

Foto: AP

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarga Xitoyni qo‘shish g‘oyasi mantiqsiz va Pekinning «tinchlik rejasi» faqat Moskva uchun foydali, dedi Bayden ABC News telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha Xitoy taklif qilgan «tinchlik rejasi» faqat Kreml uchun foydali, dedi AQSH prezidenti Jo Bayden 25 yanvar, shanba kuni ABC News telekanaliga bergan intervyusida.

«Putin olqishlayapti, chunki bu reja yaxshi bo‘lishi mumkn. Men rejada Rossiyadan boshqa hech kimga foydali bo‘ladigan narsa borligini ko‘rmadim», - dedi Bayden. Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchun «mutlaqo adolatsiz» bo‘lgan urushni to‘xtatish bo‘yicha Xitoy muzokaralar olib borishi haqidagi g‘oyaning o‘zi «mantiqsizlikdir».

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xitoy rejasi «taklif» emas, aksincha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi haqidagi fikrlar ovozi ekanligini ta’kidlagan edi. «Men rozi bo‘lmagan fikrlar bor, menimcha, butun dunyo rozi emas. Agar xalqaro huquq, hududiy yaxlitlik va xavfsizlikni hurmat qilish bilan mos keladigan fikrlar bo‘lsa, biz buni qilishimiz kerak. Bizning vazifamiz - ayrimlarni izolyatsiya qilish uchun hammani yig‘ish», dedi u.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Pekinning takliflari ishonchli emas, chunki «ular hatto Ukrainaga noqonuniy bosqinni qoralashga ham qodir emas». Shuningdek, u bosqin arafasida, 2022 yil fevralida Rossiya va Xitoy «chegarasiz hamkorlik» to‘g‘risidagi hujjatni imzolaganini ta’kidladi.

O‘sha intervyu davomida ABC News jurnalisti AQSH prezidentidan Pekin Moskvaga qurol yetkazib bera boshlasa, Oq uy qanday choralar ko‘rishini so‘radi. Bayden Xitoydan bunday «tashabbusni kutmaganini», ammo agar shunday bo‘lsa, AQSH «reaksiya bildirishini» aytdi. «Xuddi boshqa kimdir bu chegarani kesib o‘tgandek. Boshqacha aytganda, biz bu ishni qilgan har bir kishiga qattiq sanksiyalar kiritdik», - dedi Amerika rahbari.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Xitoyning «tinchlik rejasi»ni faqat Rossiya uchun foydali deb atadi