18:47 / 26.02.2023
583

Putin G‘arbning Rossiyani bo‘lib tashlash “rejasi” haqida gapirdi

Putin G‘arbning Rossiyani bo‘lib tashlash “rejasi” haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb Rossiyani nazorat ostiga olish uchun uni qismlarga bo‘lishga intilgani haqida gapirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Putin bunga ishora qiluvchi hujjatli dalillar borligini aytib, Moskva G‘arbning siyosatiga to‘sqinlik qilmaganida, Rossiya xalqlarining taqdiri sezilarli darajada o‘zgargan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Hammasi rejada bo‘lgan, u qog‘ozda aks etgan. Shunchaki, biz munosabatlar qurish sharoitida sheriklik nuqtai nazaridan bu haqda gapirmaslikka harakat qilgan edik”, — dedi u.

Shuningdek, Rossiya prezidenti G‘arb yagona xalq o‘rniga “moskvaliklar, uralliklar va boshqalar”ni yaratmoqchi bo‘lganini qayd etdi.

Ularning maqsadi bitta — sobiq Sovet Ittifoqini va uning asosiy qismini — Rossiyani parchalash. Shundan keyin, balki ular bizni alohida bo‘lingan holda sivilizatsiyalashgan xalqlar oilasiga qabul qilishar”, — dedi Rossiya prezidenti.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin G‘arbning Rossiyani bo‘lib tashlash “rejasi” haqida gapirdi