2023 yilda sayyohlar uchun eng xavfsiz yo‘nalishlar ma’lum qilindi

2023 yilda sayyohlar uchun eng xavfsiz yo‘nalishlar ma’lum qilindi

Reykyavik (Islandiya)

Xavfsizlik masalasi sayyohlar uchun tobora dolzarblashib boryapti. O‘z xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yuvchilar uchun Britaniyaning Express gazetasi 2023-yilning eng xavfsiz sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatni Get Licensed kolmpaniyasi tuzdi: unda mamlakatlarda jinoyatchilik darajasi, fuqarolarning politsiyaga ishonchi va boshqa omillar hisobga olingan.

Qizig‘i, an’anaviy dengiz va plyaj kurortlari yetakchi o‘ntalikka kira olmadi.

2023-yilning sayyohlar uchun eng xavfsiz yo‘nalishlari:

  1. Reykyavik (Islandiya)
  2. Bern (Shveysariya)
  3. Bergen (Norvegiya)
  4. Kioto (Yaponiya)
  5. Taybey (Tayvan)
  6. Singapur (Singapur)
  7. Kopengagen (Daniya)
  8. Zalsburg (Avstriya)
  9. Tokio (Yaponiya)
  10. Doha (Qatar)/Lyublyana (Sloveniya)
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar