08:00 / 27.02.2023
428

Chexiya prezidenti Putinni Gitlerga qiyosladi

Chexiya prezidenti Putinni Gitlerga qiyosladi

Chexiya prezidenti Pyotr Pavel Vladimir Putin va Adolf Gitlerning harakatlari o‘rtasida o‘xshashlik borligini aytdi. Bu haqda A News xabar berdi.

Siyosatchi Pragada minglab Ukraina tarafdorlari ishtirok etgan namoyish yakunida bu haqda nutq so‘zladi.

O‘shanda Ikkinchi jahon urushi oldidan Gitler o‘zini Putin hozir Ukrainaga nisbatan qanday tutsa, xuddi shunday tutgan”, — dedi u.

Pavel Gitler Chexoslovakiyaning Sudet hududlaridagi nemis milliy ozchiligidan nafrat uyg‘otish va zo‘ravonlikni qo‘zg‘atish uchun foydalanganini esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukrainaga bostirib kirishni go‘yoki u yerda rusiyzabon aholiga zulm qilgani bilan ham oqlaydi.

Germaniya natsistlari 1938 yil sentyabrdan Myunxen kelishuviga ko‘ra, asosan nemislar yashaydigan Sudet hududini anneksiya qilib olgan. Bir necha oy o‘tgach, 1939 yil mart oyida uning qo‘shinlari Chexoslovakiyaning qolgan qismiga bostirib kirgan. Ikkinchi jahon urushi o‘sha yilning 1 sentyabrida Polshaga bostirib kirish bilan boshlangan.

Ma’lumot uchun, Pyotr Pavel 9 mart kuni Milosh Zemanning o‘rniga Chexiya prezidenti lavozimini egalladi. NATOning sobiq generali yanvar oyi oxiridagi saylovlarning ikkinchi bosqichida 58,3 foiz ovoz bilan sobiq bosh vazir Andrey Babishni mag‘lub etgandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo