17:37 / 27.02.2023
516

Turkiyada 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

Turkiyada 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

Turkiya sharqidagi Malatya viloyatida 27 fevral kuni 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasiga tayanib, Sabah xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila epitsentri Yeshilyurt aholi punkti hududida, 7 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan. Hozirgacha kamida 22 ta bino vayron bo‘lgan.

Malatya viloyati Turkiyada 6 fevral kuni sodir bo‘lgan ikki dahshatli zilziladan jabr ko‘rgan o‘nta viloyatdan biri hisoblanadi. Hozirgacha Turkiyada zilzila qurbonlari soni 44 mingdan oshgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo