11:20 / 28.02.2023
639

«Xotinini qutqarmoqchi bo‘lgan er» — bir firibgarning "antiqa" fosh etilgani haqida

«Xotinini qutqarmoqchi bo‘lgan er» — bir firibgarning "antiqa" fosh etilgani haqida

Xitoylik firibgar ayol shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar «qahramoni»ga aylandi. Olti yil davomida hech narsadan bexabar 28 kishiga bog‘langan 300 dan ziyod kredit kartalari vositasida 8 mln yuan ($1,2 mln) pulni o‘zlashtirib yuborgan.

Odamlarni firibgar yeb ketgan pullarning ko‘pligi emas, balki qay tariqa fosh etilgani ajablantiryapti, deb yozdi South China Morning Post gazetasi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Sichuan provinsiyasida yashovchi, o‘zini Li sharifli ayolning turmush o‘rtog‘i deb tanishtirgan shaxs politsiyaga murojaat qiladi. Bu erkak uyida yashirib qo‘yilgan juda ko‘p kredit kartalarini va yirik tranzaksiyalar bilan bog‘langan kredit hisoblari ro‘yxatini tasodifan topib oladi. Xotinim firibgarlar tuzog‘iga tushib qolibdi deb o‘ylab, qo‘rqib ketgan er darhol politsiyaga bog‘lanadi. Keyin ma’lum bo‘ldiki, xotinning o‘zi firibgar ekan...

Li xonim jinoiy rejasini 2016 yildan, bo‘ynida osilib qolgan qarzlarni uza olmaganidan so‘ng amalga oshirishni boshlagan. O‘zini mahalliy hukumat departamenti xodimasi sifatida tanishtirib, bankdan yuqori foizlar undirib beraman deya boy-boy odamlarning ishonchiga kiradi.

Boylarning ham laqmalari bo‘larkan-da — tuzoqqa tushganlari unga kredit va debet kartalarining ma’lumotlarini qo‘shqo‘llab topshirishadi, Li xonimning esa ishlari yurishib ketadi.

Firibgarlik tafsilotlarini bilgandan so‘ng, ko‘pchilik hayratda.

«Li qanday qilib olti yil firibgarligini yashira oldi? Nahotki jabrlanuvchilarning birontasida shubha paydo bo‘lmagan?» — deb yozdi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi. Firibgar ayolning eriga achinganlar ham oz emas.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo