15:30 / 01.03.2023
424

Britaniya razvedkasi: Rossiya Bryanskdan Shahed dronlarini uchirishni boshladi

Britaniya razvedkasi: Rossiya Bryanskdan Shahed dronlarini uchirishni boshladi

Foto: Picture Alliance

Rossiya Ukraina poytaxti Kiyevga tahdidni kuchaytirish uchun Bryansk viloyatidan Eronning Shahed kamikadze-dronlarini uchirishni boshladi, deb hisoblaydi Britaniya harbiy razvedkasi.

U Ukraina Mudofaa vazirligi bayonotiga ishora qilib, 27 fevralga o‘tar kechasi mamlakat havo hududida uchirilgan 14 ta Shahed dronidan 11 tasi urib tushirilganini bildirdi, ulardan to‘qqiztasi Kiyev yaqinida yo‘q qilingan.

Keyinchalik, Kiyev bilan chegaradosh Chernihov viloyatida Eronning yana uchta uchuvchisiz uchoqlari urib tushirilgani haqida xabar berilgan.

«Hujum yo‘nalishini hisobga olsak, bu Shahed uchuvchisiz uchoqlari, ehtimol, Bryansk viloyatidan uchirilgan bo‘lishi mumkin. Avvalroq, 2022 yil dekabri o‘rtalaridan boshlab dronlar faqat Krasnodar o‘lkasi, Azov dengiz orqali uchirilayotgandi», deb yozadi Britaniya Mudofaa vazirligi.

«Ikkinchi uchirish maydonchasi rossiyaliklarga Kiyevga yaqinroq bo‘lgan boshqa hujum punktidan foydalanish imkonini beradi. Bu, ehtimol, uchuvchisiz uchish apparatlarining Ukraina ustida havoda qolish vaqtini qisqartiradi va Ukraina havo mudofaasini yanada kengaytirishga urinish bo‘ladi», deyiladi hisobotda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo