Belarusda huquq himoyachisi va Nobel mukofoti sovrindori Ales Belyatskiy 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Hukmni Minskning Lenin tumani sudi chiqardi. Belyatskiy soliqlarni to‘lamaganlik, «jamoat tartibini qo‘pol buzuvchi» aksiyalarni tashkillashtirish va moliyalashtirishda ayblandi. Jazoni kuchaytirilgan tartibdagi qamoqxonada o‘taydi.
Belyatskiy bilan birga huquqni himoyalash sohasidagi hamkasblari ham sudlandi: Valentin Stefanovichga 9 yil, Vladimir Labkovichga 7 yil, Dmitriy Solovyovga 8 yil (chet elda bo‘lgani uchun unga sirtdan hukm o‘qildi) qamoq jazosi berildi.
Belyatskiy o‘ziga qo‘yilgan ayblovga iqror bo‘lmadi. Ushbu hukm G‘arb jamoatchiligini larzaga keltirdi. Xususan, Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok ushbu sudni Lukashenko rejimining fuqarolik jamiyati ustidan zo‘ravonligi deb atadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)