Amerikalik taniqli katolik ruhoniysi Xilarion Xigi islomni qabul qilib, o‘z qarorini “islomga qaytish” deb atadi va bu holatni "uyga qaytishga o‘xshaydi” dedi.
Kaliforniyalik ruhoniy ilgari pravoslav mazhabida bo‘lib, 2003 yilda Antioxiya pravoslav va 2007 yilda Sharqiy katolik cherkoviga qo‘shilgan. U Vizantiya katolik ruhoniysi bo‘lish uchun Viskonsinda, Sent-Nazianzdagi Muqaddas Tirilish monastirini tamomlagan va yaqinda Kaliforniyada Sharqiy nasroniy monastirini tashkil etish rejasini e’lon qilgan edi.
Biroq, hozirda Said Abdullatif nomi bilan tanilgan Xigi o‘z blogida shunday xabar qoldirdi: "O‘nlab yillar davomida islomga turli darajada qiziqishni his qilganimdan so‘ng, nihoyat shu yo‘ldan borishga qaror qildim".
"Ammo buning uchun jismoniy harakat va tartib kerak edi, chunki men katolik monastirida yashaganman. Siz omma oldida ruhoniy va rohib, yolg‘izlikda esa musulmon bo‘la olmaysiz”, dedi u.
Abdullatif o‘zining dinga qaytishi haqida "asliyatga qaytish" ekanini aytdi va Qur’oni karimdan iqtibos keltirgan holda izoh berdi:
«Robbing Bani Odamning umurtqa pog‘onasidan, qiyomat kuni, bundan g‘ofil edik, demasliklaringiz uchun, zurriyotlarini olib, o‘zlariga o‘zlarini guvoh qilib: «Robbingiz emasmanmi?» deganida; «Xuddi shunday! Guvoh bo‘ldik!» deganlarini esla». (A’rof, 172-oyat)
Sobiq ruhoniyning islomni qabul qilgani haqidagi xabarga ijtimoiy tarmoqlar turlicha munosabat bildirgan, musulmonlar uning bu qarorini olqishlagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)