Ilon Mask Texasda o‘z utopik shahrini qurishni rejalashtirmoqda

1 daqiqa o'qish273
Ilon Mask Texasda o‘z utopik shahrini qurishni rejalashtirmoqda

Amerikalik milliarder Ilon Mask Texas shtatining Ostin shahri yaqinidagi yangi sotib olingan yaylovlarda o‘z shahrini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) manbalarga tayanib xabar berdi.

Yer egalari va ko‘chmas mulk agentlari bilan uchrashuvlarda Mask va uning xodimlari shahar kelajagi haqidagi tasavvurlarini Kolorado daryosi bo‘yidagi Texas utopiyasi sifatida tasvirlab berishgan va u yerda Mask kompaniyasi xodimlari yashashi mumkinligini qayd etishgan. Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, rejadagi shahar Maskning SpaceX va Boring (infratuzilma va tunnellar qurish bilan shug‘ullanadi) kompaniyalarining Texasda qurilayotgan binolariga tutash joylashadi.

Shahar qurilishi rejalashtirilayotgan joyda allaqachon ochiq sport maydonchasi, suzish havzasi, modulli uylar guruhi va sport zali mavjud. Hududga kiraverishda “Texas shtatining Sneylbrouk shahriga xush kelibsiz” (welcome, snailbrook, tx, est. 2021) degan yozuv osilgan. WSJ'ning aniqlik kiritishicha, Sneylbruk — Maskning buyrug‘iga ishora bo‘lib, u shahar qurishni boshlaganida unga “shilliqurtdan tezroq” (ingliz tilida snail — shilliqurt) harakatlanuvchi burg‘ulash mashinalari kerakligini aytgandi.

Texas qonuniga ko‘ra, shahar ma’muriy birlik sifatida qo‘shilishga ariza berishdan oldin kamida 201 nafar aholiga ega bo‘lishi, so‘ng okrug sudyasidan ruxsat olishi zarur. Hozirgacha Bastrop okrugiga Maskdan yoki uning tashkilotlaridan hech qanday ariza kelib tushmagan.

Maskning Texasda o‘z shahrini qurish rejalari 2021 yilda e’lon qilingandi. O‘shanda u shahar Starbeys deb atalishini aytgan. Bloomberg‘ning yozishicha, gap SpaceX kosmodromi joylashgan Boka Chika qishlog‘i nomini o‘zgartirish haqida ketayotgan edi. Keyinchalik Mask qurilajak shaharning maydoni Boka Chikadan ancha katta bo‘lishini ma’lum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?