20 yevrolik banknot taqdimoti o‘tkazildi


Yevropa Markaziy banki rahbari Mario Dragi maxsus himoya vositalari bilan ta’minlangan, gologrammali suratga ega 20 yevrolik banknotni namoyish qildi.
Bu banknotga “Yevropa” nomi berilgan, unda qadimgi mifologiya qahramonlaridan biri, finikiyaliklarning afsonaviy malikasi Yevropa tasviri tushirilgan.
Ma’lum qilinishicha, bu banknot shu yilning 25 noyabridan boshlab muomalaga chiqariladi. Keyingi 9 oy davomida mutaxassislar yetarli hajmdagi banknotlarni ishlab chiqish bilan band bo‘lishadi.
Yevropa Ittifoqi hududi aholisi bu o‘zgarishdan hech qanday zarar ko‘rmasligi, yangi banknotlarga bosqichma-bosqich ravishda o‘tilishi ma’lum qilingan.
Shuningdek, kelajakda 50, 100, 200 va 500 yevrolik banknotlar yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Manba: www.kun.uz































Izohlar 0
…