Milliarder Bill Akman AQSHda yaqin 48 soatda nimalar bo‘lishini prognoz qildi. Gap 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan buyon Qo‘shma Shtatlarda kuzatilgan eng yirik bankrotlik (Silicon Valley Bank) haqida bormoqda.
«Yo dushanbaga qadar muammoli bankka xaridor topiladi yoki hukumat Silicon Valley Bank da turgan barcha depozitlar qaytarilishini kafolatlaydi.
Aks holda bir sutka ichida AQSH banklarida turgan barcha sug‘urtalanmagan derozitlar yechib olinadi.
Banklardan pullarni yoppasiga yechib olish boshlanib ketsa, mahalliy, hududiy va boshqa banklarning likvidligiga putur yetadi, bu esa bank tizimining inqiroziga olib keladi», deb yozdi milliarder.
Avvalroq AQSHning eng yirik banklaridan biri — Silicon Valley («Kremniy vodiysi») bankrot deb e’lon qilingandi. Bu — 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan buyon Qo‘shma Shtatlarda kuzatilgan eng yirik bankrotlik sanaladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring