Texasda suv toshqinlaridan vafot etganlar soni 16 kishiga yetdi


AQShning Texas shtatida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlaridan 16 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Jala tufayli Brazos daryosi o‘z sathidan ko‘tarilishi oqibatida uylar suv ostida qoldi. Uchta qamoqxonadan to‘rt mingdan ortiq mahbus evakuatsiya qilindi. Dallas va Xyuston aeroportlarid ob-havo sharoitlari sabab 160 dan ortiq reys bekor qilindi.






























Izohlar 0
…