Xitoy rahbari Si Jinping kelasi haftada Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga boradi, deb xabar berdi Reuters.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif Xitoy fevral oyida Ukrainadagi urushni tugatish rejasini taklif qilganidan keyin rejalashtirilgan.
Putin va Si Jinping oxirgi marta sentyabr oyida Samarqanddagi SHHT sammitida uchrashgan edi. Dekabr oyida Putin Xitoy rahbarini 2023 yil bahorida Moskvaga taklif qildi. Fevral oyida u Kremlda Xitoy diplomatiyasi rahbari Van I bilan uchrashdi.
Dekabr oyida The Wall Street Journal nashri Si Jinping Xitoy rasmiylariga energetika va savdo sohasida Rossiya bilan hamkorlikni sezilarli darajada oshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergani haqida yozgan edi. Hamkorlikni kengaytirish Rossiya neft, gaz va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini oshirish, qo‘shma energetika loyihalarini ishlab chiqish va Rossiya transport infratuzilmasiga sarmoya kiritishni nazarda tutadi.
Fevral oyida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy Rossiyaga noharbiy yordam ko‘rsatayotgani, shuningdek, halokatli qurollar yetkazib berish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotganini aytgan edi. Der Spiegel esa Moskva Pekin bilan jangovar dronlarni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini yozgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)