18:53 / 17.03.2023
761

Yamanda yashagan «shoxli» odam vafot etdi

Yamanda yashagan «shoxli» odam vafot etdi

Dunyodagi eng keksa odam ekani aytilayotgan Ali Anter peshonasidagi o‘simtalarni olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etdi.

The Sun nashrining yozishicha, Ali operatsiyadan so‘ng uch kun o‘tib vafot etgan. Undagi o‘simtalarni arrali uskuna bilan kesib tashlamoqchi bo‘lishgan.

Mahalliy aholi undagi bu shox  Ali Anter 100 yoshdan oshganidan keyin paydo bo‘lganini aytishmoqda. Ularning fikricha, noprofessional amputatsiya uning o‘limini tezlashtirgan bo‘lishi mumkin.

Rasmiy ravishda Ali Anterning yoshi tan olinmagan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u 140 yoshda bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra esa, hozir eng keksa erkak venesuelalik Xuan Visente Peres hisoblanadi, u 113 yoshda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo