180
Kiyev Germaniyaning Putinni XJS orderi bo‘yicha hibsga olish rejalarini qo‘llab-quvvatladi
![Kiyev Germaniyaning Putinni XJS orderi bo‘yicha hibsga olish rejalarini qo‘llab-quvvatladi](https://storage.kun.uz/source/9/I5wzzydXbne8T5QSv22iTEJSD_WI1ZS3.jpg)
Foto: atlanticcouncil.org
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak Germaniya adliya vaziri Marko Bushmanning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni, agar u Germaniyaga tashrif buyursa, hibsga olish bo‘yicha Xalqaro jinoiy sud (XJS) talabini bajarish niyati haqidagi bayonotlariga izoh berdi.
«Ajoyib. Xalqaro order ijro etilishi kerak. Bu juda ramziy ma’noga ega: birinchi bo‘lib Germaniya qattiq urg‘u beryapti: agar ularning yurisdiksiyasida «gumon qilinayotgan Putin V.V.» paydo bo‘lsa, u darhol hibsga olinadi. Ukrainalik bolalar ommaviy o‘g‘irlanishi va ularga nisbatan tajovuzkor zo‘ravonlik uchun», — deb yozdi Podolyak Twitter'da.
Bundan tashqari, Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Putinning Rossiya kuchlari tomonidan egallab olingan Mariupolga qilgan safarini qoraladi. «Minglab Mariupol oilalarining qotilligi tashkilotchisi shahar vayronalari va ommaviy qabrlarni ko‘rib ketish uchun keldi. Unda pushaymonlik yo‘q», - dedi Podolyak.
17 mart kuni XJS Vladimir Putinni, shuningdek, Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun order berdi. Ular harbiy jinoyatlarda, xususan, ukrainalik bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda.
Moskva Rossiyaning harbiy bosqinidan keyin Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlarga aloqadorligini rad etadi. Rossiya Xalqaro jinoiy sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi va uning ishida ishtirok etmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar