23:04 / 22.03.2023
1 698

Ukrainadagi urushni to‘xtata olishi mumkin bo‘lgan davlat aytildi

Ukrainadagi urushni to‘xtata olishi mumkin bo‘lgan davlat aytildi
AQSH Davlat departamenti Rossiya Tashqi ishlar vazirligining AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Ukrainadagi mojaroni hal qilishda neytral vositachilar roliga da’vo qila olmasligi bo‘yicha iddaosiga javob berdi.
 
Departament vakiliga ko‘ra, mojaroni Rossiya to‘xtata olishi mumkin. Bu haqda Newsweek nashri xabar bermoqda.
 
Nashrning ta’kidlashicha, ayni damda Rossiya Ukrainadagi tinchlik yo‘lidagi yagona to‘siq hisoblanadi.
 
«Rossiya va faqat Rossiya bugun bunga chek qo‘yishi mumkin», deydi AQSH Davlat departamenti vakili nashrga.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya hukumati Ukrainaga tekin yordam sifatida 470 million dollar ajratishga qaror qilgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo