23:02 / 23.03.2023
576

AQSHda erkak o‘zi va oilasini suyuq azotda muzlatib qo‘yishga qaror qildi

AQSHda erkak o‘zi va oilasini suyuq azotda muzlatib qo‘yishga qaror qildi
Foto: Cryonics Institute
AQSHning Michigan shtatidagi Krionika instituti rahbari, 54 yoshli Dennis Kovalski qonuniy ravishda o‘lik deb e’lon qilganidan so‘ng o‘zini va yaqinlarini muzlatib qo‘yishga qaror qildi. U kelajakda uyg‘onishlariga umid qilmoqda. Bu haqda Business Insider xabar berdi.
 
Kovalskining so‘zlariga ko‘ra, bundan yuz yil oldin texnologiya rivojlanmagani sababli o‘limning oldini olish qiyin edi. Yurak to‘xtashi bilan odam vafot etgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan yurak-o‘pka reanimatsiyasi yoki defibrillyatsiya yordamida uning ishini davom ettirish mumkinligi ma’lum bo‘lgan.
 
O‘limdan keyin tanangizni saqlab qolish bilan siz hech narsa yo‘qotmaysiz, lekin nazariy jihatdan hamma narsaga erishishingiz mumkin”, — deydi u.
 
10 yildan ko‘proq vaqt oldin erkak Krionika instituti prezidenti etib tayinlangan. O‘shandan beri u butun vaqtini shu fanga bag‘ishlaydi. Kovalskining rafiqasi va uch farzandi ham o‘lim fakti qonuniy asosda aniqlangach, jasadlarini muzlatishga qaror qilgan. Ularning har biri Krionika institutiga murojaat qilib, protsedura va saqlash uchun 28 ming dollar to‘lashga va’da bergan. 
 
Erkakning ta’kidlashicha, uning tanasini muzlatish istagi o‘lim qo‘rquvi bilan bog‘liq emas. Aksincha, bu hayotga bo‘lgan muhabbatning namoyon bo‘lishi va kichik, ammo 20, 50 yoki 100 yildan keyin dunyo qanday o‘zgarishini ko‘rishdan iborat.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo