10:44 / 24.03.2023
215

Germaniya va Shimoliy Makedoniya Putin bo‘yicha Haaga orderini qo‘llab-quvvatladi

Germaniya va Shimoliy Makedoniya Putin bo‘yicha Haaga orderini qo‘llab-quvvatladi
Foto: AP
Germaniya va Shimoliy Makedoniya Xalqaro jinoiy sudni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, deya ma’lum qildi mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari.
 
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Shimoliy Makedoniyadagi hamkasbi Buyar Usmoniy bilan birgalikda Haagadagi Xalqaro sud (XJS) tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun chiqarilgan orderni qo‘llab-quvvatladi, deb xabar beradi dpa 23 mart, payshanba kuni.
 
«Hech kim Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomidan, xalqaro humanitar huquqdan ustun emas, hech kim jazosiz urush jinoyatlarini, insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir eta olmaydi», dedi Berbok Skopega tashrifi chog‘ida. «Shuning uchun biz hozir hibsga olish orderi bo‘yicha Xalqaro jinoiy sudni qo‘llab-quvvatlamoqdamiz», deya qo‘shimcha qildi u. Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols ham xuddi shunday bayonot bergan edi. «Hech kim huquq va qonundan ustun turolmaydi», dedi u.
 
Berbokning aytishicha, Germaniya urush jinoyatlari jazosiz qolmasligi uchun yaratilgan Xalqaro jinoiy sudni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. «Ba’zida vaqt kerak, ba’zida o‘nlab yillar kerak», dedi Berbok. Usmoniy, shuningdek, Shimoliy Makedoniya urushning boshidanoq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralab, Yevropa Ittifoqining barcha sanksiyalar paketlariga qo‘shilganini eslatdi. «Barcha huquqbuzarlar javobgarlikka tortiladi», - dedi Usmoniy.
 
Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Putin ustidan sud bo‘ladigan bo‘lsa, Haagaga raketa hujumi uyushtirilishi bilan tahdid qilgandi. «Haaga sudi binosiga Shimoliy dengizdagi Rossiya kemasidan gipertovushli tashuvchi zarba berishini tasavvur qilish mumkin. Shunday ekan, sudyalar, osmonga diqqat bilan qaranglar», deb yozadi Medvedev.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo