![Seulda dunyodagi eng baland kegaysiz tomosha chambaragi quriladi](https://storage.kun.uz/source/9/Rf6M2bEtnNINB3O72gEYW-roTn7p3L5Z.jpg)
Foto: AP
Janubiy Koreya dunyodagi eng katta kegaysiz tomosha chambaragi – balandligi 180 metr bo‘lgan «Seul halqasi»ni qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Seul ma’muriyati xabar berdi.
Halqa 250 metrli «Dubay ko‘zi»dan keyin dunyoda ikkinchi, ammo kegaysiz eng katta chambarak bo‘ladi. Hozirgi vaqtda rekord Xitoyning Shandun provinsiyasidagi 145 metrlik halqaga tegishli.
Koreya chambaragi halqali trubka shaklida quriladi, uning ichidagi panorama derazali kabinalar magnitlar tufayli yumaloq relslar bo‘ylab harakatlanadi. Uning ichida 25 kishiga mo‘ljallangan 36 ta kabina joylashadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, attraksionning sig‘imi kuniga 12 ming kishigacha yetadi.
Qurilishga qariyb 411 million dollar ajratilgan bo‘lib, uni 2025 yilda boshlash va 2027 yilda yakunlash rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar