11:00 / 27.03.2023
277

NATO Putinning «xavfli» yadroviy ritorikasini qoraladi

NATO Putinning «xavfli» yadroviy ritorikasini qoraladi
Foto: Reuters
Prezident Vladimir Putin Rossiya Belarusda taktik yadro qurolini joylashtiradi, deganidan keyin NATO Rossiyani «xavfli va mas’uliyatsiz» yadroviy ritorika uchun tanqid qildi. Bu haqda 26 mart, yakshanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.
 
«NATO hushyor va biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Rossiyaning yadro siyosatida bizni o‘zimiznikini o‘zgartirishga majbur qiladigan o‘zgarishlarni ko‘rmayapmiz», - dedi alyans vakili.
 
Putinning Rossiya Belarusda yadro qurolini joylashtirayotgani, chunki NATO davlatlari ham ularni o‘z hududlarida joylashtirayotgani haqidagi tushuntirishi «butunlay chalg‘itadi», deya qo‘shimcha qildi alyans. «NATO ittifoqchilari o‘z xalqaro majburiyatlariga to‘liq amal qilmoqda. Rossiya qurol nazorati bo‘yicha o‘z majburiyatlarini muntazam ravishda buzdi, oxirgi paytlarda yangi S'HQ shartnomasidagi ishtirokini to‘xtatdi», — dedi NATO vakili.
 
Bir kun avval Putin Rossiyaning Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap taktik yadro qurolini tashishga qodir 10 ta samolyot va «Iskandar» raketa tizimi haqida ketmoqda. Bundan tashqari, 2023 yil iyul oyida Belarusda taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishi yakunlanadi, dedi Putin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSH NATO mamlakatlarida «o‘nlab yillar davomida qilgan ishni amalga oshiryapti» - taktik yadro qurollarini joylashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO Putinning «xavfli» yadroviy ritorikasini qoraladi