Qisman safarbarlik doirasida chaqirilgan imom Zaporoje yo‘nalishidagi ilg‘or pozitsiyalardan kelgan musulmonlarni muqaddas Ramazon oyi kelishi bilan tabrikladi.
"Barcha musulmonlarni Ramazon bilan tabriklayman. Ushbu muqaddas oyning har bir kuni ezgu ishlarga, ezgu niyatlarga boy bo‘lsin. Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, oilalaringizga fayzu baraka, yaqinlar va do‘stlaringizga ezgulik tilaymiz!" - dedi imom.
"Barcha musulmon ahlini kirib kelayotgan muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklayman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, ishlaringizga omad tilayman. Bizga esa g‘alaba va tezroq uyga qaytish nasib etsin", - dedi jangchilardan biri.
Musulmon askarlar ushbu tabrik so‘zlarini Zaporoje viloyatida bo‘lib o‘tayotgan harbiy harakatlar hududidan yuborishgan. Ular Rossiya va Boshqirdiston bayroqlari yonida turib so‘zlashgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bu yil Ramazon oyi 23 mart kunidan boshlangan edi. 2023 yilgi Ramazon taqvimi bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar