Foto: Reuters
Shotlandiya millatchilari partiyasi (SHMP) 27 mart kuni Hamza Yusufni partiyaning navbatdagi rahbari etib tanladilar. 37 yoshli musulmon hukmron SHMP yetakchisi sifatida Nikola Styorjen o‘rnini egallaydi va yarim avtonom hukumat rahbari bo‘ladi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Yusuf Shotlandiyaning Angliya bilan 300 yillik ittifoqiga barham berish asosiy maqsadi bo‘lgan partiyani boshqaradi.
Yusuf birinchi turda SHMP a’zolarining 24 336 ovozini to‘pladi, uning asosiy raqibi, Shotlandiya moliya vaziri Keyt Forbs 20 559 ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Esh Rigan 5599 ovoz bilan uchinchi bo‘ldi.
Endi Yusuf mamlakat parlamentida ovoz berish jarayonida g‘alaba qozonsa, chorshanba kuni Shotlandiya rahbari sifatida qasamyod qiladi.
Yusuf — Shotlandiya mustaqilligi tarafdori. Uning otasi pokistonlik, onasi esa keniyalik, o‘zi Glazgoda tug‘ilgan.
Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyani o‘z ichiga olgan Birlashgan Qirollikning 68 millionlik umumiy aholisidan taxminan 5,5 millionini shotlandlar tashkil qiladi. Mamlakat 1999 yildan boshlab o‘z parlamenti va hukumatiga ega.
Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha birinchi referendum 2014 yilda o‘tkazildi. Unda mintaqada yashovchi fuqarolardan «Mamlakat mustaqil bo‘lishi kerakmi?» degan savolga javob berish so‘ralgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, ovoz berganlarning 55,3 foizi ajralib chiqishga qarshi bo‘ldi, 44,7 foizi esa mustaqillikni yoqladi.
2022 yil noyabr oyida Buyuk Britaniya Oliy sudi Britaniya parlamenti roziligisiz Shotlandiya ikkinchi marta mustaqillik referendumini o‘tkaza olmasligi haqida qaror chiqardi.
Hamza Yusuf, Shotlandiya, Musulmon rahbar, Angliya “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan