21:16 / 02.04.2023
1 462

OAV: AQSH Rossiyaga jiddiy talab qo‘ydi

OAV: AQSH Rossiyaga jiddiy talab qo‘ydi
Bugun AQSH davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada yaqinda qo‘lga olingan Wall Street Journal muxbiri Evan Gershkovich suhbatning asosiy mavzusi bo‘lgan, deyiladi xabarda.
 
Entoni Blinken  Rossiya tomonidan Evan Gershkovich va Pol Uilanni zudlik bilan ozod qilishni talab qilgan.
 
Suhbatning boshqa tafsilotlari hozircha ochiqlangani yo‘q.
 
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Wall Street Journal muxbiri Evan Gershkovich Rossiya josuslikda ayblanib ushlangandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo