Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va rafiqasi Emine Erdo‘g‘on mamlakatda ishlab chiqarilgan Togg T10X elektromobilining birinchi egasi bo‘ldi. Erdo‘g‘on elektrokar Ozarbayjon prezidentiga ham yuborilgani va O‘zbekiston rahbariga ham sovg‘a qilinishini aytdi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
Turkiya rahbari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga yetkazib berish amalga oshirildimi yoki yo‘qmi degan savolga bu amalga oshirilishini, yuboriladigan transport vositasining rangi qizil ekanini aytdi. Shuningdek, Erdo‘g‘on mazkur avtomobil Shavkat Mirziyoyevga ham yuborilishini qo‘shimcha qildi.
🇹🇷 Erdo‘g‘on Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg elektromobili Shavkat Mirziyoyevga ham sovg‘a qilinishini aytdi.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) April 4, 2023
Avtomobil Ozarbayjon prezidentiga ham yuborilgan, hozirda hujjatlashtirish ishlari olib borilmoqda. pic.twitter.com/nHWYByE2sW
Anqaradagi prezident majmuida avtomobil kalitlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Bugundan boshlab biz Togg‘ni yo‘llarda ko‘ramiz”, — dedi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘on birinchi Togg elektromobilining yaratilishi va ishlab chiqilishi, uning bugungi darajaga ko‘tarilishi texnologik va iqtisodiy taraqqiyot, Turkiyaning jahon miqyosidagi obro‘-e’tibori ramzi ekanini ta’kidladi.
U Togg nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda avtomobil ixlosmandlari orasida shuhrat qozonishiga ishonch bildirdi.
Togg 160 kilovatt quvvatga ega akkumulatorli, bir quvvatlanishda 314 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir. Elektrokarning eng arzon modeli 953 ming lira (50 ming dollardan ortiq), kuchliroqlari 1,215 million turk lira (63 ming dollar) turadi. Birinchi yetkazib berish iyul oyiga rejalashtirilgan.
Turkiya prezidenti, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Shavkat Mirziyoyev, Togg T10X elektromobili “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi