12:36 / 04.04.2023
286

Bloger Tatarskiyning o‘limi: «FBK» ayblovlarni rad etdi

Bloger Tatarskiyning o‘limi: «FBK» ayblovlarni rad etdi
Foto: Anton Vaganov / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning safdoshi Ivan Jdanov Rossiyada taqiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi («FBK») urush tarafdori bo‘lgan rossiyalik bloger Vladlen Tatarskiyning (asl ismi - Maksim Fomin) o‘limiga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. Jdanov tegishli yozuvni 3 aprel, dushanba kuni Telegram'da qoldirdi.
 
«Bizga uzoq vaqtdan beri terrorizmni ilishga harakat qilishyapti», - deya ta’kidlab o‘tdi u. «Yaqin kelajakda Navalniy ustidan sud bo‘lib o‘tadi. Ko‘rinib turibdiki, ular (Rossiya hukumati) unga maksimal muddat berishni rejalashtirgan va buning uchun terrorizm juda qulay», - deb yozadi Jdanov.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga «FBK»ga ayblov qo‘yishi «juda qulay». «Nafaqat Ukraina ko‘rinishidagi mutlaq tashqi dushman, balki Navalniy jamoasi ko‘rinishidagi ichki dushman ham kerak», — qo‘shimcha qildi u. Ivan Jdanovning ta’kidlashicha, «FSB» xodimlari «bu targ‘ibotchini o‘zlari yo‘q qilishgan».
 
Navalniyning yana bir safdoshi Leonid Volkov Telegram'da «FBK «siyosiy qotilliklarga qo‘l urmasligini» aytdi.
 
«Ammo Tatarskiy bilan bog‘liq vaziyatda, negadir, «FSB» emasligi tasavvur qilinsa ham, ayrim savollar ochiq qoladi», deya qo‘shimcha qildi u.
 
Milliy aksilterror qo‘mitasi (MAQ) avvalroq Sankt-Peterburgdagi kafedagi portlash Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Rossiyada uzoq muddatli qamoq jazosini o‘tayotgan Aleksey Navalniyning «ekstremistik» deb tan olingan va taqiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi xodimlari ishtirokida rejalashtirilgani haqidagi versiyani ilgari surgan edi.
 
«Ukraina maxsus xizmatlari terrorchilik harakatini sodir etishda Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi bilan hamkorlik qilgan. Qo‘lga olingan Trepova ham uning faol tarafdori bo‘lgan», - deya ma’lum qildi MAQ.
 
Keyinroq Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Tatarskiyning o‘ldirilishiga izoh berib, voqeani «ichki terrorizm» deb atadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo