20:43 / 04.04.2023
226

Ozarboyjon prezidenti birinchi turk elektromobilini qabul qilib oldi

Ozarboyjon prezidenti birinchi turk elektromobilini qabul qilib oldi
Foto: AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu elektromobil O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham sovg‘a qilinishini aytgan edi.
 
4 aprel kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga Turkiyada ishlab chiqarilgan elektromobil – Togg sovg‘a qilindi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
 
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Togg elektromobilini Ilhom Aliyevga sovg‘a qilinishini aytgan edi.
 
«Mening birodarim Ilhom Aliyev ham Turkiyaning faxri – Togg elektromobilini qabul qilib oldi. Birodarimga yaxshi kunlarida mashinadan foydalanishini tilayman», deb yozdi Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqda.
 
3 aprel kuni Togg T10X seriyali birinchi elektromobil Turkiya rahbariga topshirilgan edi.
 
Shundan so‘ng, Erdo‘g‘an ushbu elektromobil Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham sovg‘a qilinishini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo