21:28 / 04.04.2023
489

Ukraina milliy xavfsizligi: Rossiya 3-7 yil ichida parchalanadi

Ukraina milliy xavfsizligi: Rossiya 3-7 yil ichida parchalanadi
Foto: “RIA Novosti”
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov G‘arb Rossiyaning parchalanishiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashi kerakligini aytdi. Bu haqda u The Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
 
Danilovning so‘zlariga ko‘ra, bu Sovet Ittifoqi parchalanishidan oldin amalga oshirilmagan. Razvedka mulozimi Rossiya zaiflashgani va parchalanish xavfi ostida ekanini ta’kidladi. U buni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashuvi tasdiqlaganini aytdi.
 
"G‘arb Rossiyani bilmaydi va Rossiyaning parchalanishidan qo‘rqadi. Lekin bu jarayon allaqachon kechmoqda”, — deya ta’kidladi Danilov.
 
U Rossiyaning qulashi "maroqli" bo‘lishi va yaqin uch, besh yoki yetti yil ichida sodir bo‘lishini prognoz qildi.
 
Bu tarixiy jarayon va tarixni to‘xtatib bo‘lmaydi”, — deb xulosa qildi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi.
 
Avvalroq tashqi siyosiy ekspertlar Rossiya 2033 yilgacha muvaffaqiyatsiz davlatga aylanishi yoki parchalanishini ma’lum qilgandi.
 
Atlantika Kengashi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda 167 ekspertning 46 foizi Rossiya yaqin 10 yil ichida qulashi yoki parchalanishi mumkinligini aytgan. Mutaxassislarning 40 foizi Rossiyani bir qator sabablarga ko‘ra, xususan, “inqilob, fuqarolar urushi yoki siyosiy parchalanish” tufayli parchalanishini ilgari surgan.
 
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukrainada muvaffaqiyatsizliklarga duch kelayotganini va urush uzoq davom etishini ochiq tan ola boshlagani keltirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo