16:48 / 05.04.2023
239

Makron: Xitoy Ukrainada tinchlik o‘rnatish yo‘lida «muhim rol» o‘ynashi mumkin

Makron: Xitoy Ukrainada tinchlik o‘rnatish yo‘lida «muhim rol» o‘ynashi mumkin
Foto: Reuters
Pekin Ukrainada «tinchlik sari yo‘l» topishda «muhim rol» o‘ynashi mumkin, deya ma’lum qildi uch kunlik davlat tashrifi bilan Xitoyga kelgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.
 
Xitoy poytaxtida Fransiya fuqarolari bilan suhbatda Makron Parij «tinchlik va barqarorlik uchun umumiy mas’uliyat»ga sodiq qolishini ta’kidladi.
 
Shu bilan birga, davlat rahbari Yevropani Xitoydan iqtisodiy jihatdan «ajratib qo‘ymaslik» kerakligini ta’kidladi.
 
«Biz o‘zimizni Xitoydan ajratmasligimiz kerak», — deya Makronning so‘zlarini keltiradi AFP. Uning aytishicha, Fransiya «Xitoy bilan savdo aloqalarini faol davom ettirish majburiyatini oladi.
 
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 5 aprel kuni Pekinga yetib keldi.
 
Fransiya rahbari Xitoyni Rossiyaning Ukrainadagi urushini qo‘llab-quvvatlashdan qaytarishga umid qilmoqda, deb xabar berdi uch kunlik safar oldidan jurnalistlarga Fransiya rahbari idorasi vakili.
 
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Makron Xitoy rahbari Si Jinping bilan muzokaralar chog‘ida Vashington tomonidan tez-tez eshitiladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshilik ohangidan farq qiladigan «boshqa yo‘l»ni taklif qilmoqchi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo