17:43 / 05.04.2023
283

Majburiy nikoh: Afg‘onistonda 15 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi

Majburiy nikoh: Afg‘onistonda 15 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi
Foto: Reuters
Afg‘onistonning Saripul viloyatida majburiy nikoh sababli 15 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
 
Manbalarga ko‘ra, qiz Ko‘histon tumanida istiqomat qilgan. Uning otasi qizni 700 ming afg‘oni (8 ming dollar) evaziga majburlab unashtirgan. 15 yoshli qizning ismi Fahima bo‘lib, u avvalroq otasini nikohdan voz kechmasa, o‘z joniga qasd qilishi haqida ogohlantirgan. Otasi uning so‘zlariga e’tibor bermagan, oqibatda qiz joniga qasd qilgan.
 
Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonning Parvon viloyatida 22 yoshli qiz majburiy nikoh sababli to‘yi kuni o‘z joniga qasd qilgandi. Marhuma Kalashnikov avtomatidan o‘ziga o‘q uzgan. Hodisa Shayx Ali tumanidagi Turiy qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Qizning oilasi uni roziligisiz bir erkakka unashtirib qo‘ygani, shuning uchun ham to‘y kuni u o‘z joniga qasd qilgani aniqlangan.
 
Majburiy nikoh, oiladagi zo‘ravonlik va ruhiy muammolar Afg‘onistonda ayollarning o‘z joniga qasd qilishining asosiy sabablari sifatida ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo